O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farg‘ona tumanidagi
Xalq qabulxonasi binosida Farg‘ona tumani Kengashi kotibiyati, Xalq deputatlari Farg‘ona
tuman Kengashi huzuridagi “Ijtimoiy
soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha”, “Korrupsiyaga qarshi
kurashish, davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash va huquqiy masalalar bo‘yicha”
doimiy komissiyalarning navbatdagi Qo‘shma yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishni tuman Kengashining Ijtimoiy soxa, Yoshlar siyosati,
madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi O.Dadajonova olib
bordi.
Yig‘ilish kun tartibiga, kiritilgan masalalar muhokama
qilinib, kun tartibidagi masalalar tumanda har bir sohada
2024-yil bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar va tuman Kengashi faoliyatiga aloqador
bo‘lib, deputatlar faoliyatini samaradorligini oshirishda, tuman hududida amalga
oshirilayotgan ishlarda sifatliligini ta’minlashda deputatlik nazoratini amalga
oshirish hamda aholi bilan muloqot samaradorligini yanada oshirish orqali ularning
muammolarini hal etishda muhim ahamiyatga ega ekanligi, barcha deputatlar ushbu
masalada faol bo‘lishi lozimligi ta’kidlab o‘tildi.
Kun tartibidagi barcha masalalar eshitilib, navbatdagi
sessiya kun tartibiga kiritish yuzasidan qarorlar qabul qilindi.