🔷Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashi deputatlari Bumayram Sobirova, Dilorom Toshboltaeva, Gofurjon Saidmirzaevlar o‘zi saylangan okrug hududida joylashgan Log‘on, Vaziyo, Kaptarxona, Mehnatobod, Barqaror hamjixatlik mahalla fuqarolar yig‘inlarida uchrashuv o‘tkazdi.
🔷 Uchrashuvda davomida Log‘on, Vaziyo, Kaptarxona, Mehnatobod, Barqaror hamjixatlik mahalla fuqarolar yig‘inlari hududida joylashgan tadbirkorlik sub’ektlari, Maktabgacha va maktab ta’limiga qarashli umumta’lim maktabi va bolalar bog‘chasi va mahalla “Tibbiy punkt”ida faoliyat olib borayotgan tibbiyot xodimlari ish faoliyatlari o‘rganildi
🔷 O‘rganish davomida aniqlangan muammolar, aholini qiynayotgan masalalarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli bo‘lgan tashkilotlarga muammolar yetkazish borasida kelishi olindi.
Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashi kotibiyati