Qo‘shko‘pir kasbiy ko‘nikmalar markazida 2025yil 13-fevral kuni “O‘zbekiston-2030» strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi mazmun va mohiyatini partiya elektorati orasida keng targ‘ibot qilish bo‘yicha tinglovchilar bilan davra suhbati o‘tkazildi. Deputat Sattorova Dinora Jumanazarovna tomonidan dasturda amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan jumladan, mahallalarning ekologik qiyofasini yaxshilash, erta bahor fasli kelishi bilan ko‘chalarda yashillik darajasini oshirish, ekologik jihatdan qulay va farovon yashash muhitini shakllantirish, aholining salomatligini yaxshilash kabi mavzular yuzasidan tushuncha berildi va tinglovchilarni o‘z hoxishlariga ko‘ra O‘zbekiston XDP a’zo bo‘lishga chaqirdi.