QIZILTEPADAGI KENGASH NAMUNALI QILINMOQDA
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining "Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari faoliyatini namunali tashkil etish to‘g‘risida"gi qarori qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, 2025-yil birinchi yarim yilligida har bir hududda bittadan xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashi faoliyati namunali yo‘lga qo‘yilishi belgilangan va Navoiy viloyatidan xalq deputatlari Qiziltepa tumani Kengashi tanlab olingan.
Ushbu qarorning mazmun-mohiyati bilan tanishtirish, namunali Kengash tashkil etishning mezonlari haqida ma’lumot berish hamda deputatlar bilan uchrashish maqsadida senator Kobul Tursunov bugun Qiziltepa tumanida bo‘ldi.
Uchrashuv davomida joylarda aholi bilan uchrashuvlarda faollikni oshirish, kambag‘allikdan chiqarishda ko‘maklashish kabi mavzularda ham so‘z bordi.