Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

DEPUTAT VA YOSHLAR UCHRASHUVI

Bugun Urganch shahridagi Ranch texnologiya universiteti talaba-yoshlari bilan “Deputat va yoshlar” uchrashuvi o‘tkazildi. Uchrashuvda Xorazm viloyat deputati Farog‘at Sa’dullayeva, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputat yordamchisi Qudrat Bekmetov, partiya viloyat Kengashi bo‘lim boshlig‘i Shuxrat Atajanov va mahalliy Kengash deputati Jur’at Atadjanovlar ishtirok etdi. 

Ochiq muloqotda bugungi kunda jamiyatimizda, siyosiy jarayonlarda bo‘layotgan o‘zgarishlar, mamlakatimizda mavjud siyosiy partiyalar, ularning o‘rni va ahamiyati, ayniqsa, O‘zLiDeP orqali siyosatda yoshlar faolligiga alohida to‘xtalib o‘tildi. Shuningdek, deputatlar tomonidan universitet faoliyati, uning bugungi kundagi erishilgan natijalari e’tirof etildi.  

Qiziqarli ma’lumotlarga va ko‘plab savol-javoblarga boy bo‘lgan muloqot yakunida partiyaga a’zo bo‘lish istagida bo‘lgan 15 nafar talabalar O‘zLiDeP a’zoligiga qabul qilindi va ularga partiya guvohnomasi hamda esdalik sovg‘alari topshiridi. 

Slide 1 of 1