Jizzax shahar 22-maktabda 7-B va 7-J sinf oʻquvchilari ishtirokida "Viloyatim-faxrim" nomli tadbir bo'lib o'tdi. Tadbirda oʻquvchilar viloyatimizni madh etuvchi sheʼrlar va qoʻshiqlar ijro etishdi.Shuningdek, tadbirda oʻquvchilar "Jizzax tarixi haqida top maʼlumotlar", "Jizzaxga tashrif buyurish uchun 10 sabab", Jizzaxlik shoirlar ijodidan namunalar aytishdi.Tadbirda Jizzax shahar kengashi deputati Saidova Dilfuza Eshqulovna ham ishtirok etdi.