Oliy Majlis
Qonunchilik palatasi deputatlarining saylovchilar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
Oliy Majlis
Qonunchilik palatasi deputatilari Go‘zal Samiyeva, Firdavs Qurbonov va tuman
Kengashi deputatlari M.Ashurov hamda N.Chorshanbiyevalarning navbatdagi
uchrashuvi Sariosiyo tumanidagi 2-sonli umumta’lim maktabida o‘tkazildi.
Unda,
tumanning Aeroport va Alisher Navoiy mahallalarida istiqomat qilayotgan saylovchilar
qatnashdi. Uchrashuv davomida, hududda aholini qiynab kelayotgan
ijtimoiy-iqtisodiy va kommunal sohaga doir murojaatlar bilan saylovchilar
deputatlarga murojaat qilishdi.
Yakunda, xalq vakillari baʼzi bir masalalar bo‘yicha
tegishli idoralarga deputatlik so‘rovi chiqarishga kelishib oldilar va ayrim
vaqt talab etiladigan murojaatlar yuzasidan saylovchilarga tegishli
yo‘l-yo‘riqlar berildi.