DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
🔹 Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashining “Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar bo‘yicha” doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
🔹 Yig‘ilishda komissiya a’zolari, tuman Kengashi deputatlari hamda Ekspertlar guruhi a’zolari ishtirok etib, “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi mablag‘larini yo‘naltirish hamda “Yoshlar daftari” jamg‘armasi hisobidan mablag‘ ajratish masalalarini muhokama qildilar.
⚠️ Muhokama jarayonida taqdim etilgan hisobot va ma’lumotlar yetarli darajada to‘liq emasligi qayd etilib, mas’ullarga ularni qo‘shimcha ma’lumot va tahlillar bilan to‘ldirgan holda belgilangan muddatda Kengash kotibiyatiga qayta taqdim etish vazifasi yuklatildi.
Telegram | Facebook | YouTube | E-Kengash