Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
YOSHLAR O‘RTASIDA HUQUQBUZARLIKLARNING OLDINI OLISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
MOZORTAGI MFYDA YO‘L VA OBODONLASHTIRISH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTATLIK SO‘ROVLARI IJROSI BO‘YICHA MONITORING MUHOKAMASI O‘TKAZILDI
янв.21
AHOLI MUAMMOLARI E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
AHOLI MUAMMOLARI E’TIBOR MARKAZIDA: DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
DEPUTATLIK SO‘ROVIGA JAVOB: HUDUDDA YIRIK LOYIHALAR VA RIVOJLANISH SUR’ATI
янв.21
FARG‘ONA TUMAN KENGASHI QARORI IJROSI YUZASIDAN MONITORING
янв.21
KENGASH QARORI IJROSI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
MUAMMO HAL BO'LMOQDA — SUV YETIB BORMOQDA!
янв.21
AGRAR, SUV XO‘JALIGI VA EKOLOGIYA MASALALARI BO‘YICHA DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
#24_ta_masala 👨‍💼 Mahallada ijtimoiy himoya – amaliy ishlar bilan mustahkamlanmoqda

Xalq deputatlari Ishtixon tuman Kengashi deputati L.Kuvondikov tomonidan o‘z saylov okrugidagi “Murotobod” MFYda ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida mahallada aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalariga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati, kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordamlarni tayinlash hamda to‘lash ishlari atroflicha tahlil qilindi.

Aniqlanishicha, ijtimoiy xodim To‘xtameshiva Sadoqat tomonidan joriy yilning 1-choragi davomida ijtimoiy reyestrda ro‘yxatda turgan 55 ta oilaning 15 tasiga “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi hamda homiylar ko‘magida oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berilgan. Shu bilan birga, mazkur 55 ta oilaning barchasiga bir martalik moddiy yordam mablag‘lari ajratilib, ularning ijtimoiy qo‘llab-quvvatlanishi ta’minlangan.

Bundan tashqari, 1 nafar nogironligi bo‘lgan fuqaro nogironlik aravachasi bilan ta’minlanib, uning kundalik hayotini yengillashtirishga amaliy yordam ko‘rsatilgan.

O‘rganish natijalari shuni ko‘rsatdiki, mahallada ijtimoiy himoya yo‘nalishida tizimli ishlar olib borilmoqda hamda ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha aniq natijalarga erishilmoqda.

Yakuniy xulosaga ko‘ra, ijtimoiy xodim tomonidan amalga oshirilgan ishlar qoniqarli deb baholandi.

📌 Aholining ijtimoiy himoyasini ta’minlash va ehtiyojmand qatlamni qo‘llab-quvvatlash – bugungi kunning eng muhim vazifalaridan biridir.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:

Telegramm (https://t.me/Ishtixon_tuman_Kengashi) | Web-sayt (https://kengash.gov.uz/ishtixon) | Facebook (https://www.facebook.com/share/1Aq9YsjUr2/) | Instagram (https://www.instagram.com/ishtixontumanikengashi?utm_source=qr&igsh=ZDZ4YjJvd3k3aGp2)

Slide 1 of 3