Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi deputati Ulug‘bek Nurmuxamedov tomonidan “Bahrin” mahallasida yangi elektr tarmoqlari tortilganiga qaramasdan, eski yog‘och tayanchlar va foydalanilmayotgan elektr simlari hanuzgacha olib tashlanmagani yuzasidan yuborilgan deputat so‘roviga rasmiy javob olindi.
⚡️ Ishtixon tuman elektr tarmoqlari korxonasi ma’lumotiga ko‘ra, 2022–2023-yillarda Prezidentning PQ-408-sonli qarori asosida mahallada:
🔹 2 ta qo‘shimcha transformator punkti;
🔹 400 dona temir-beton tayanch;
🔹 yangi SIP kabel tarmoqlari o‘rnatilgan.
Natijada aholi yangi tarmoqqa ulanib, sifatli elektr energiyasi bilan ta’minlanmoqda.
Shu bilan birga, deputat so‘rovda ko‘tarilgan eski yog‘och tayanchlar va foydalanilmayotgan elektr tarmoqlarini demontaj qilish masalasi ham e’tibordan chetda qolmadi.
📅 Elektr tarmoqlari korxonasi mazkur ishlar 2026-yil III choragida, ya’ni sentyabr oyida to‘liq bajarilishini ma’lum qildi.
🤝 Fuqarolar murojaatlari asosida ko‘tarilgan ushbu masala deputat nazoratida bo‘lib, belgilangan muddatda ishlar bajarilishi yuzasidan qo‘shimcha o‘rganish olib boriladi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegramm (https://t.me/Ishtixon_tuman_Kengashi) | Web-sayt (https://kengash.gov.uz/ishtixon) | Facebook (https://www.facebook.com/share/1Aq9YsjUr2/) | Instagram (https://www.instagram.com/ishtixontumanikengashi?utm_source=qr&igsh=ZDZ4YjJvd3k3aGp2)