MOZORTAGI MFYDA YO‘L VA OBODONLASHTIRISH HOLATI O‘RGANILDI
🔹 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hamda Senat
Kengashi qarorlari ijrosini ta’minlash doirasida tuman Kengashi deputati A.Xamdamov, tuman Kengashi kotibiyat
bosh mutaxassisi O.Dadajonovalar tomonidan Mozortagi MFYda joyiga chiqib amaliy
o‘rganish ishlari olib borildi.
🔹 O‘rganish jarayonida hududdagi ichki yo‘llar holati,
obodonlashtirish ishlari hamda chiqindi tashish xizmatining amaldagi tashkil
etilishi holati atroflicha tahlil qilindi. Mazkur jarayonda aholi murojaatlari
ham bevosita o‘rganildi.
🔹 Tahlillar davomida “EttiBuloq” ko‘chasidagi ichki
yo‘llar ta’mirtalab ekani aniqlanib, bu holat fuqarolarning kundalik harakati
va ijtimoiy infratuzilma sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgani qayd etildi.
🔹 Aniqlangan
muammoni bartaraf etish, yo‘l infratuzilmasini yaxshilash hamda hududda qulay
yashash sharoitini ta’minlash maqsadida tegishli mas’ullarga amaliy choralar
ko‘rish yuzasidan topshiriqlar berish zarurligi belgilandi.