Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasi va Murojaatnoma ijrosi — taraqqiyotimizning mustahkam poydevori”
янв.21
Saylovchilar bilan yuzma-yuz
янв.21
Prezident Murojaatnomasi — taraqqiyot va ta’lim ravnaqining mustahkam poydevori
янв.21
Murojaatnoma - harakat rejasi, Strategiya - maqsad va natija.
янв.21
Farg‘ona tumanida deputatlik nazorati doirasida tahliliy o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Deputatlar faoliyatida Prezident Murojaatnomasi ijrosi — ustuvor yo‘nalish
янв.21
Farg‘ona tuman Kengashi huzuridagi doimiy komissiyalar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Murojaatnomadan ruhlanib.
янв.21
#OAVda_biz
янв.21
Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashining navbatdagi XVII sessiyasi bo‘lib o‘tdi
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Turkiya Respublikasiga rasmiy tashrifi ikki davlat o‘rtasidagi ko‘p qirrali strategik hamkorlikni yanada mustahkamlashga qaratilgan muhim siyosiy voqea bo‘ldi. Ushbu tashrif Turkiya Prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘anning taklifiga binoan amalga oshirildi hamda O‘zbekiston–Turkiya Oliy darajadagi Strategik hamkorlik kengashining navbatdagi yig‘ilishi doirasida o‘tkazildi.

Muzokaralar davomida siyosiy muloqotni chuqurlashtirish, savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirish, investitsiyalarni jalb etish, sanoat, energetika, transport-logistika, ta’lim va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari atroflicha muhokama qilindi. Shuningdek, ikki tomonlama munosabatlarni yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladigan qator muhim kelishuv va hujjatlar imzolandi.

Tashrif doirasida Prezidentimiz tomonidan bildirilgan insonparvarlik tashabbuslari alohida e’tiborga loyiq. Xususan, Turkiyaning zilziladan jabr ko‘rgan Hatay viloyati aholisini Navro‘z bayrami kunlarida O‘zbekistonga 5 kunlik tashrif bilan olib kelish, ular uchun Andijon–Samarqand–Xiva yo‘nalishi bo‘yicha madaniy-ma’rifiy sayohat tashkil etish taklifi ikki qardosh xalq o‘rtasidagi do‘stlik, birdamlik va o‘zaro hamdardlikning yorqin ifodasi bo‘ldi.

Mazkur tashrif nafaqat ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlashga, balki hududlar rivoji, yangi investitsiya loyihalarini amalga oshirish, aholi farovonligini oshirish hamda turkiy dunyo doirasidagi hamkorlikni kengaytirishga xizmat qiladi. Deputat sifatida erishilgan kelishuvlar joylarda aniq va samarali amaliy natijalarga aylanishiga ishonch bildiraman.

Amanlikov Alibek Shayimkulovich

Xalq deputatlari Boyovut tuman Kengashi 2-Ijodkor saylov okrugi deputati

Slide 1 of 1