Deputatlar faoliyatida Prezident
Murojaatnomasi ijrosi — ustuvor yo‘nalish
O‘zLiDeP Farg‘ona tuman Kengashi
deputati Abdusalomov Farrux tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaatnomasida belgilab berilgan ustuvor yo‘nalishlar
ijrosini ta’minlash, ularni deputatlik faoliyatida amaliyotga tatbiq etish
hamda Davlat dasturiga aniq takliflar ishlab chiqish maqsadida yig‘ilish
o‘tkazildi.
Yig‘ilishda O‘zLiDeP Farg‘ona tuman
Kengashi raisining o‘rinbosari, partiya faollari ishtirok etib, Murojaatnomada
belgilangan vazifalarni mahalliy darajada amalga oshirish masalalari muhokama
qilindi.
Tuman
Kengashi deputati F. Abdusalomov o‘z ma’ruzasida Prezident Murojaatnomasida
ilgari surilgan ustuvor yo‘nalishlar, 2026-yilda mamlakat taraqqiyotini ta’minlashga qaratilgan muhim
vazifalar, shuningdek, 2026-yil
— «Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili» Davlat dasturi
doirasida deputatlik nazorati, qonun ijrosini ta’minlash va aholi manfaatlarini
himoya qilish bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalarga
alohida to‘xtalib o‘tdi.
Muhokamalar
davomida deputat tomonidan Murojaatnomadan kelib chiqadigan vazifalarni
mahallalar kesimida amalga oshirish, saylovchilar bilan muloqotni yanada
kuchaytirish, aholi muammolarini qonunchilik va deputatlik vakolatlari
doirasida hal etish bo‘yicha takliflar bildirildi.
Yig‘ilish yakunida bildirilgan
takliflar umumlashtirilib, ularni deputatlik faoliyati rejalariga kiritish,
ijrosi ustidan tizimli nazorat o‘rnatish yuzasidan tegishli qarorlar qabul
qilindi.