Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasi va Murojaatnoma ijrosi — taraqqiyotimizning mustahkam poydevori”
янв.21
Saylovchilar bilan yuzma-yuz
янв.21
Prezident Murojaatnomasi — taraqqiyot va ta’lim ravnaqining mustahkam poydevori
янв.21
Murojaatnoma - harakat rejasi, Strategiya - maqsad va natija.
янв.21
Farg‘ona tumanida deputatlik nazorati doirasida tahliliy o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Deputatlar faoliyatida Prezident Murojaatnomasi ijrosi — ustuvor yo‘nalish
янв.21
Farg‘ona tuman Kengashi huzuridagi doimiy komissiyalar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Murojaatnomadan ruhlanib.
янв.21
#OAVda_biz
янв.21
Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashining navbatdagi XVII sessiyasi bo‘lib o‘tdi
2026-yil 28-yanvar kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Yakubov Shuhrat Ummatalievich Mirzacho'l tumanidagi "Yoshlarni til va kasb-xunarga o'qitish markazi" faoliyati va o'quv jarayonlari bilan tanishdi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Yakubov Shuhrat Ummatalievichning Mirzacho‘l tumaniga tashrifi doirasida yoshlar ta’limi va kasb-hunar o‘rgatish yo‘nalishidagi ishlar bilan yaqindan tanishildi.

Xususan, tumanda faoliyat yuritayotgan Yoshlarni til va kasbga o‘rgatish markazida yoshlarga ingliz, koreys, yapon va boshqa xorijiy tillarni o‘rgatish jarayonlari ko‘zdan kechirildi. Deputat ta’lim jarayonlari, yaratilgan sharoitlar hamda yoshlarning bilim olishga bo‘lgan qiziqishi bilan qiziqdi.

Shu bilan birga, markazda turli kasb-hunar yo‘nalishlari bo‘yicha tashkil etilgan amaliy mashg‘ulotlar orqali yoshlarning kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi.

Mazkur ishlar yoshlarning kelgusida o‘z yo‘lini topishi, mustaqil fikrlaydigan hamda mehnat bozorida raqobatbardosh kadrlar sifatida shakllanishiga xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 10