Oʻzbekiston Ekologik partiyasi Navoiy viloyat Kengashi hamda Navoiy davlat universiteti Tarix fakulteti bilan hamkorlikda davra suhbati tashkil etildi. Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 15-may kuni qabul qilingan PQ–184-sonli qarori mazmun-mohiyati bo‘lajak pedagoglarga yetkazildi.
Tadbir doirasida 16-sentabr – Xalqaro ozon qatlamini himoya qilish kuni munosabati bilan ham ma’lumotlar berildi. Ma'ruzachilar Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashi deputatlari A.Jo'rayev, Z.Tog'ayevlar ozon qatlamini saqlash borasidagi global tashabbuslar, Monreal protokoli va Oʻzbekistonda bu yoʻnalishda amalga oshirilayotgan ishlar haqida so‘z yuritdilar. Yoshlarning ushbu jarayonlarda faol ishtiroki ekologik barqarorlikni ta’minlashda bevosita hissa bo‘lishi mumkinligi alohida ta’kidlandi.