Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi 13-Bo‘ston saylov okrugi deputati Jaxongir Mamadaliyev o‘z saylov okrugida o‘rganishlar olib bordi. Oqoltin tumanida 2025-yilda “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi doirasida “Bo‘ston” MFY Bog‘i eram, Nafosat va Jaloliddin Manguberdi ko‘chalarida 113 dona elektr simyog‘ochlari o‘rnatilib, 59 dona elektr simyog‘ochlari o‘rnatish ishlari olib borilmoqda. Amalga oshirilayotgan ishlar deputatlar tomonidan nazoratga olingan.