Uchrashuvda deputat uchinchi chorak davomida aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, aholiga sifatli va xavfsiz poliz mahsulotlarini yetkazib berish, xotin-qizlarning muammolarini tizimli ravishda hal qilish borasida amalga oshirilgan ishlar haqida ma’lumot berdi.
Shuningdek mahalla aholisi va faollari o‘z hududlarida mavjud muammolarni bildirdilar. Obodonlashtirish, ayrim ko‘chalarga asfaltlash, bemor va nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash kabi masalalar ko‘rildi. Deputat mavjud infratuzilma holatini ko‘zdan kechirish orqali, mavsum davomida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarni oldindan bartaraf etish uchun zarur choralarni belgilab oldi.