Tashrif davomida uylarning issiqlik tizimlari, muhandislik kommunikatsiyalari, yerto‘lalar holati, drenaj tizimlari hamda issiqlik izolyatsiyasi bo‘yicha zaruriy ko‘riklar o‘tkazildi. Aholi bilan suhbatlar tashkil etilib, mavjud muammolar va takliflar tinglandi. O‘rganish natijalariga ko‘ra, ayrim kamchiliklar aniqlanib, mutasaddi tashkilotlarga tegishli topshiriqlar berildi.
Deputat tomonidan mas’ul tashkilotlar e’tiboriga ushbu holatlar yetkazilib, mavjud kamchiliklarni qisqa muddatda bartaraf etish yuzasidan choralar belgilandi. Shuningdek, kelgusi mavsumlarda aholini muammosiz issiqlik bilan ta’minlash bo‘yicha doimiy monitoring o‘rnatilishi lozimligi ta’kidlandi.