Oliy Majlis Senati a’zosi, xalq deputatlari Zarafshon shahar kengashi deputati A. Tumishova hamda tegishli mutasaddi vakillar ishtirokida shahar мaktablari va maktabgacha ta’lim muassasalarida yangi 2025-2026-o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayonlari o‘rganildi. Jarayon davomida ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasi, sinfxonalar va o‘quv jihozlari, darsliklar bilan ta’minlanish holati, shuningdek, tarbiyachi va o‘qituvchilarning yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi ko‘zdan kechirildi. Mazkur o‘rganishning asosiy maqsadi — Prezidentimizning 2025-yil 30-yanvardagi PF-16-sonli Farmonida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, “O‘zbekiston – 2030” strategiyasining “Har bir inson uchun munosib sharoit yaratish” yo‘nalishi bo‘yicha belgilangan maqsadli ko‘rsatkichlarning amaliy ijrosini o‘rganishdan iboratdir.