Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

TAQDIMOT

Zarafshon shahar madaniyat uyida Oʻzbekiston Qahramoni, Oʻzbekiston XDP Zarafshon shahar deputati Farxod Soyibovning umr yo‘llariga bag‘ishlangan “Yaxshilik daraxti” nomli kitob taqdimoti boʻlib oʻtdi. Tadbirda Zarafshon shahar hokimi Nazirbek Rahmanov ishtirok etib, F.Yaxshiyevich haqida samimiy fikrlarini bildirib, uning kelgusi faoliyatida ulkan yutuqlar va ijodiy barkamollik tiladi. "Yaxshilik daraxti” asari insonparvarlik, ezgulik va mehr-oqibat g‘oyalarini o‘zida mujassam etib, yoshlarni yuksak ma’naviyat va ezgu amallarga chorlaydi. Kitob taqdimoti yoshlarda ezgulikka intilish va hayotga ijobiy qarashlarni mustahkamlashga xizmat qildi. Shuningdek, taqdimot jarayoniga Zarafshon shahar madaniyat uyi ijodiy jamoasi hamda iqtidorli yoshlar tomonidan tayyorlangan badiiy chiqishlar oʻzgacha ruh va ko‘tarinkilik baxsh etdi. 

Slide 1 of 7