Prezidentimiz nutqida urgʻu berilgan muhim jihatlardan biri – bu infratuzilmani yaxshilash orqali inson turmush darajasini oshirish gʻoyasidir. Haqiqatan ham, uyida ichimlik suvi yoʻq, yoʻl boʻlmagan, elektr taʼminoti uzilib turadigan mahallada yashovchi insonga “ishla” deb aytishning oʻzi yetarli emas. Shuning uchun ham davlatimiz rahbari mahallalarda uy-joy, suv, yoʻl, kanalizatsiya, maktab va bogʻcha masalalarini aniq va qatʼiy tarzda kun tartibiga olib chiqdi. Bu – koʻp oʻlchovli kambagʻallikka qarshi tizimli yondashuvdir. Deputat sifatida bu sohadagi tashabbuslarni qoʻllab-quvvatlayman va har bir mahalladagi muammolar yechimi uchun masʼullik hissi bilan ish olib boraman.
Xalq Deputatlari Zarbdor tuman Kengashi deputati
Kuchiboyev Dilshod Allaberdiyevich