Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi raisi Jamshid Xudoyev boshchiligidagi ishchi guruhi tumanidagi paxtakor fermer xo‘jaliklarida borayotgan yig‘im-terim ishlari bilan yaqindan tanishdilar.
🔹Joriy yil tumanda paxta yig‘im-terim mavsumi yuqori hosildorlik va innovatsion yondashuvlar bilan boshlandi. Jondor tumanining “Mirzayon” MFY hududida faoliyat yuritayotgan, Ilyos To‘rayev boshchiligidagi “Yusuf Ilhom Miraziz” fermer xo‘jaligi bu yilgi mavsumda ilmiy-innovatsion usullarni joriy qilish orqali yuqori natijalarga erishmoqda. 62 gektar ekin yerining 38,7 gektarida Xitoyning “Xin Lu Zao-57” navli chigiti ekilgan bo‘lib, o‘tgan yillardagi 30 sentnerlik yalpi hosildorlikka nisbatan bu yil har gektardan 45 sentnergacha hosil olish rejalashtirilmoqda.
🔹Fermer xo‘jaligi tomonidan yil yakuniga qadar 350 million so‘mdan ortiq sof foyda olish ko‘zda tutilmoqda. Paxta terimi ikki kun avval boshlangan bo‘lib, 50 nafar terimchi tomonidan kuniga 6 tonnadan ortiq paxta terilmoqda.