Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatligiga 11-Qumariq saylov okrugidan saylangan deputat Hasanboy Mamadaliyevga hududdagi maktabgacha ta’lim muassasasida elektr energiyasi ta’minoti uzilib qolayotgani va ma’naviy eskirgan elektr uzatkichlarini yangilash uchun amaliy yordam zarurligi to‘g‘risida murojaat kelib tushgan, deputat homiylik asosida yordam berilishini ma’lum qildi.
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatligiga 4-Yakkamula saylov okrugidan saylangan deputat Nilufarxon Suyunboyevaga quyidagi mazmunda murojaat bo‘lgan, ya’ni hududdagi 14-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida xonalar yetishmasligi sababli qo‘shimcha bino qurish uchun joy mavjudligi va dasturga kiritishga amaliy yordam so‘rab murojaat qilganlar. Mazkur murojaat deputat so‘rovi yuborish asosida davlat dasturlariga kiritilishi kelishib
olindi.
Xalq deputatlari Uchko‘prik tumani Kengashi kotibiyati