Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashiga 4-saylov okrugidan saylangan deputat Karimov Doniyor Dilmuradovich "Ahmad Yassaviy" hamda "SHarof Rashidov" mahalla fuqarolari oldida "Mahalla yettiligi" va mas'ul tashkilotlar ishtirokida o'z deputatlik faoliyati yuzasidan axborot berdi. O'tkazilgan uchrashuvda tegishli sohalar bo'yicha taklif va murojaatlar tinglandi va ijrochi tashkilotlarga vazifalar belgilandi.