➖ Tadbir davomida so‘zga chiqqanlar yaqinda Davlatimiz rahbari raisligida ta’lim sohasidagi islohotlar ijrosi va kelgusidagi vazifalarga bag‘ishlab o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilangan ustuvor vazifalar yuzasidan tushunchalar berishdi.
➖ Davra suhbatida yoshlarning ham fikr-mulohazalari, ta’lim tizimidagi yangiliklarga munosabatlari tinglandi. Ular 12 yillik maktab ta’limi, maktab va oliy ta’lim muassasalarida bo‘lib o‘tadigan test imtihonlari, shuningdek, faoliyat yuritayotgan tayyorlov kurslari haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirishdi.