Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Senator Gulnora Marufova Olmazor tumanida uchrashuvlar o‘tkazdi

Oliy Majlis Senati Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasi a’zosi Gulnora Ma’rufova xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashi deputatlari shuningdek, Toshkent shahar Kengashi deputatlari bilan birgalikda tumandagi "G‘alaba", "Nihol" va "Yuqori Beshqo‘rg‘on" mahallalarida mahalla yettiligi bilan uchrashuvlar o‘tkazishdi. 

Uchrashuvlarda fuqarolarga Senatning o‘ninchi yalpi majlisida ko‘tarilgan masalalar yuzasidan ma’lumotlar yetkazildi.

Senator va deputatlar joyida muammolarni o‘rganib, ularni hal etish bo‘yicha tegishli tashkilotlar vakillari bilan birgalikda amaliy chora-tadbirlar belgilab olishdi.

Slide 1 of 7