Toshkent davlat tibbiyot universitetida yangi 2025/2026- o‘quv yili boshlanishiga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputati, Toshkent davlat tibbiyot universiteti Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha birinchi prorektor - Turdiqul Bobomuratov ishtirok etdi.
Deputat o‘z nutqida yoshlarga davlat tomonidan yaratilayotgan imkoniyatlar, ta’lim sohasidagi islohotlar hamda zamonaviy bilim olishning muhimligi haqida to‘xtalib o‘tdi. Shuningdek, u talabalarni yangi o‘quv yili bilan qutlab, ularga muvaffaqiyatlar tiladi.
Tadbir davomida universitet rektori, professor-o‘qituvchilar va talabalar ham so‘zga chiqib, yangi o‘quv yilidagi reja va maqsadlar bilan o‘rtoqlashdilar.