Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Rasmiy munosabat

Birinchi navbatda, aholi bandligini ta’minlash, har bir fuqaroga munosib mehnat va daromad manbai yaratish — kambag‘allikka qarshi kurashning asosiy yo‘lidir. Shu bilan birga, ta’lim va kasb-hunar tizimini takomillashtirish orqali yoshlar va kattalarni zamonaviy kasblarga yo‘naltirish ham muhim ahamiyatga ega.

📍Ijtimoiy adolat tamoyili asosida nafaqalar va yordamlarni adolatli taqsimlash, ehtiyojmand qatlamlarni aniqlash hamda ularga davlat va jamiyat tomonidan qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini kuchaytirish — bu boradagi ustuvor vazifalarimizdir.

📍Shuningdek, xalqaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, xorijiy tajribani o‘rganish va mahalliy sharoitga mos dasturlarni amalga oshirish orqali aholi farovonligini yanada oshirishimiz mumkin.

📍Men deputat sifatida, kambag‘allikni qisqartirishga qaratilgan har bir tashabbus va islohotlarni qo‘llab-quvvatlayman hamda bu yo‘nalishda amaliy ishlarim bilan hissa qo‘shishga tayyorman.

Abdujalil Xasanov,

Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputati

Slide 1 of 1