O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati tashabbusi bilan xalq deputatlari mahalliy Kengashlari faoliyati samaradorligini oshirish, o‘zaro tajriba almashish, xalq deputatlari Navoiy viloyati, tuman va shaharlar Kengashlarida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishish maqsadida Buxoro viloyati xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlari deputatlari Navoiy viloyatida bo‘lib turibdi.
Bugun Navoiy viloyati hokimligida deputatlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda viloyat hokimi o‘rinbosarlari Elyor Mardonov va Jamshid Xodjayevlar ishtirok etishdi.
Xalq deputatlari Navoiy viloyati, tuman va shaharlar Kengashlarida amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha fikrlashilib, deputatlar o‘z fikr va mulohazalarini bildirib o‘tdilar.