Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

DEPUTATLIK FAOLIYATIDAN

 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 - yil 22-noyabrdagi PQ- 402-sonli Qarorini amalga tatbiq etish maqsadida, joriy yilning 11- sentyabr kuni "NKMK" AJ Markaziy kon boshqarmasi, Zarafshon qurilish boshqarmasi va "NKMK Jamgʻarmasi" "Zarafshon" hududiy boshqarmasi xotin-qizlari o'rtasida "Ayollar orasida onkologik kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish" mavzusida sayyor seminar bo'lib o'tdi. Ushbu seminarda Xalq deputatlari Zarafshon shahar Kengashi deputati S. D. Boboyorova, "NKMK jamgʻarmasi" DM tibbiy sanitariya boʻ limi ayollar maslahatxonasi mudiri G.N.Nuriddinova, onkolog shifokor B.B.Rahmatov hamda kolposkop boʻyicha mutaxassis ginekolog R.B.Bichurina ishtirok etib, xotin-qizlarning tibbiy bilimlari va tibbiy savodxonligini oshirish bo'yicha yuqoridagi mavzu bo‘yicha ma'lumotlar berib o'tishdi.
Targʻibot tadbiri soʻngida xotin-qizlar tomonidan berilgan savollarga mutaxassislar tomonidan javob berildi.  

Slide 1 of 5