Xalq deputatlari Bekobod shahar Kengashi deputati, "Adolat" SDP shahar Kengashi raisi G.Sharipova tomonidan shahardagi Sementchi va Farhod mfy yettiligi bilan huquqiy ko‘mak aksiyasi doirasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv davomida huquqiy ko‘mak aksiyasining maqsad va vazifalarini tushintirish bilan birga mahallada yashovchi fuqarolarning muammolari ham o‘rganildi. O‘rganish davomida ayniqsa 1-maktab atrofidagi tungi yoritgichlarning juda kech yoritilishi oqibatida aholi uchun noqulaylik tug‘ilayotganligi va mahallada qarovsiz itlarning ko‘pligi, Farhod mahallasidagi ikki qavatli uylar yo‘laklari yoritilmasligi, ko‘chalarda tungi yoritgichlarning yo‘qligi haqida murojaatlar tushdi. Shuningdek, bu masalada tegishli mutasaddi tashkilotlarga deputatlik so‘rovi berishga kelishib olindi.