Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
❇️ 30 iyul — Xalqaro odam savdosiga qarshi kurashish kuni munosabati bilan Farg‘ona tumanidagi Xonqiz mahalla fuqarolar yig‘inida keng qamrovli targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
янв.21
Farg‘ona tumanidagi loyihalar — deputatlar nazoratida!
янв.21
Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashiga OʻzLiDePdan saylangan deputatlar tomonidan nazorat taxlil o‘tkazilmokda.
янв.21
Biz odam savdosiga qarshimiz!
янв.21
#Munosabat
янв.21
Mahalliy vakillik organlari faoliyatini rivojlantirish konsepsiyasi (2025–2030)
янв.21
Sog‘lom bola – sog‘lom kelajak poydevori!
янв.21
Farg‘ona tumanidagi loyihalar deputatlar nazoratida!
янв.21
Farg‘ona tumanidagi loyihalar deputatlar nazoratida!
янв.21
🔷 O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasining 2025-yilga mo‘ljallangan ish rejasi doirasidagi “Yoshlar salomatligi – partiya e’tiborida” loyihasi asosida bolalar salomatligini muhofaza qilish va erta profilaktik tekshiruvlarni kuchaytirish borasida tizimli ishlar olib borilmoqda.
❇️ 30 iyul — Xalqaro odam savdosiga qarshi kurashish kuni munosabati bilan Farg‘ona tumanidagi Xonqiz mahalla fuqarolar yig‘inida keng qamrovli targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.

❇️ 30 iyul — Xalqaro odam savdosiga qarshi kurashish kuni munosabati bilan Farg‘ona tumanidagi Xonqiz mahalla fuqarolar yig‘inida keng qamrovli targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.

Tadbirda Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashi deputatlari Ozodaxon Dadajonova, Shuxratjon Raximov hamda hudud deputati Ilxomjon Abduraxmonov ishtirok etdilar.

👥 Mahalla faollari bilan bo‘lib o‘tgan suhbat davomida deputatlar jamiyatda odam savdosining oldini olish, huquqiy ong va madaniyatni yuksaltirish, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida bunday xatarlarga qarshi mustahkam immunitetni shakllantirish zarurligi haqida alohida ta’kidlab o‘tishdi.

📌 Suhbat chog‘ida hudud deputati I.Abduraxmonov tomonidan “Altintag” MChJ tomonidan tashkil etilgan ish o‘rinlari haqida ham axborot berildi. Ta’kidlanishicha, mahallada ishsiz aholi bo‘lishiga qaramay, mavjud doimiy ish o‘rinlariga yetarlicha tushuntirish ishlari olib borilmayotgani, ayrim fuqarolarning ishlashga nisbatan passiv munosabati achinarli holat ekanligiga urg‘u berildi.

🔔 Ushbu tadbir odam savdosining oldini olish, aholida xabardorlik va mas’uliyatni oshirish, hamkorlikdagi chora-tadbirlarni kuchaytirish maqsadida amalga oshirildi.

✅ Targ‘ibot ishlari belgilangan dastur asosida davom ettirilmoqda.

Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashi kotibiyati

Slide 1 of 2