Farg‘ona tumanidagi loyihalar — deputatlar
nazoratida!
🔹 2025 yil uchun
tasdiqlangan tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi doirasidagi yirik
loyihalar ustidan amaliy deputatlik nazorati doimiy ravishda amalga oshirilmoqda.
👥 Xalq deputatlari —
Shuxratjon Rahimov, Ozodaxon Dadajonova va Ilxom Abduraxmonov tumanning Xonqiz
mahallasidagi yirik loyihalarning ijrosini o‘rganishdi.
🏭 Tashrif chog‘ida trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan
“ALTINDAG” MChJ faoliyati o‘rganildi. Deputatlar korxonada mehnat qilayotgan
xotin-qizlar va ma’muriyat bilan muloqot olib borib, tadbirkorlik faoliyatiga to‘sqinlik
qilayotgan muammolarni tahlil qilishdi.
🗣 Suhbat davomida, 30-iyul — Xalqaro odam savdosiga qarshi
kurashish kuni munosabati bilan, aholining huquqiy ongini oshirish, yoshlar
o‘rtasida odam savdosi kabi xatarli illatlarga qarshi immunitetni shakllantirish
muhimligiga alohida e’tibor qaratildi.
🎯 Maqsad — tuman taraqqiyoti uchun muhim bo‘lgan loyihalarning
o‘z vaqtida va samarali amalga oshishini ta’minlash, fuqarolar manfaatlari asosida
jamoatchilik nazoratini kuchaytirish.
✅ Fuqarolar ishtirokisiz barqaror rivojlanish mumkin
emas!
#Farg‘onaTumani
#DeputatNazorati #IjtimoiyRivojlanish #ALTINDAG #Tadbirkorlik #XotinQizlar #OdamSavdosigaQarshi
#30Iyul #JamoatNazorati #YangiO‘zbekiston