Mahalla raisi saylovi – muhim
siyosiy jarayon
27.05.2025
🔷 Mazkur muhim
tadbirni ochiq va oshkora o‘tkazish maqsadida Farg‘ona tumanida ham muhim tayyorgarlik
ishlari olib borilib, saylovlar o‘tkazilmoqda. Xususan, Xalq deputatlari Farg‘ona
tumani Kengashining qarori bilan fuqarolar yig‘inlari raislari saylovini tashkil
etish hamda o‘tkazishda fuqarolar yig‘inlariga amaliy yordam ko‘rsatish uchun komissiya
tuzildi va mazkur komissiya tarkibiga deputatlar, davlat organlari va nodavlat
notijorat tashkilotlarining vakillari kiritilib, tumanda o‘tkazilayotgan saylovlarni
adolatli va shaffof o‘tishini nazorat qilmoqdalar
🔷 Mana shunday shaffof saylovlar tumanimizning Sanoat va
Soy bo‘yi mahalla fuqarolari yig‘inlarida o‘tkazildi. Ushbu saylovlarda tuman Kengashi
deputatlar Ozodaxon Dadajonova, Shuxratjon Raximov, Baxodirjon Axmadjonovlar ishtirok
etib, saylovni namunali, oshkoralik,
muqobillik hamda teng saylov huquqi prinsiplari asosida amalga oshirish masalasi
dolzarb ekanligini tushuntirib, kerakli tavsiyalarni berib o‘tdilar.