Yangiliklar

Ishtixon tumani deputati maktablarda o‘quvchilarning hafta davomidagi davomatlarini tahlil qildi.

Xalq deputatlari Samarqand viloyati deputati Feruza Tog‘ayeva va xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi deputati Matluba Rabbimovalar tomonidan maktabgacha va maktab ta’limiga qarashli 5-umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘quvchilarning hafta davomidagi darsdagi davomatlari tahlil qilindi.

Sababsiz darsga kelmay yurgan o‘quvchilarni maktabga qaytarish bo‘yicha ota-onalar bilan joylarda uchrashuvlar o‘tkazildi.

Farzandlari tarbiyasiga salbiy ko‘rsatuvchi, shuningdek, ular tarbiyasiga e’tiborsiz ota-onalar bilan alohida ish olib borish va tuman hokimligi huzuridagi voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha komissiyalar yig‘ilishini o‘tkazib, o‘z vakolati doirasida tegishli choralar ko‘rish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Slide 1 of 5