🔷 O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 4-apreldagi KQ-706-IV-sonli qaroriga asosan, mahallalardagi muammolarni hal etishda xalq deputatlari Qo‘shtepa tuman Kengashi deputatlari va “Mahalla yettiligi”ning o‘zaro hamkorligini yo‘lga qo‘yish maqsadida, tuman Kengashining qarori tasdiqlanib, unga ko'ra tuman Kengashi deputatlari tegishli saylov okruglaridagi mahallalarga biriktirililgan.
🔷 Mazkur qaror ijrosini ta'minlash maqsadida tuman Kengashi deputatlari Sh.Sharapov , A.Nabiyev hamda Sh.Xoshimovlar tomonidan tumandagi "Shoxmirza", "Shahartepa", "Eshonguzar", "Oqtepa" MFYlaridagi “Mahalla yettiligi” vakillari ishtirokida mahallada amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan uchrashuvlar o‘tkazildi.