Yangiliklar

Ishtixon tumani deputati saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Xalq deputatlari Samarqand viloyati deputati Feruza Tog‘ayeva va xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi deputati Matluba Rabbimovaning “Xalqobod” mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qilayotgan saylovchilar bilan navbatdagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

M.Rabbimova mamlakatimiz Prezidenti Sh.Mirziyoevning ma’ruzalarida ilgari surilgan vazifalar haqida alohida so‘z yuritib, ushbu vazifalar ijrosi har bir hudud taraqqiyotini ta’minlash, hayotimizni yanada yaxshilash, aholining davlat idoralariga bo‘lgan ishonchini mustahkamlashini ta’kidladi.

Muloqot chog‘ida saylovchilar o‘zlarini o‘ylantirayotgan masalalarni ham o‘rtaga tashlab, takliflarini bayon etishdi.

Shuni aytish joizki, ushbu murojaatlar asosida mutasaddi tashkilotlar rahbarlariga deputatlar tomonidan deputatlik so‘rovlari kiritdi. Ayni paytda mazkur masalalarni o‘rganish, kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan amaliy ishlar boshlab yuborildi. 

Slide 1 of 5