Yangiliklar

Aholi murojaatlari doim e’tiborda

 Bugun Nurobod tumani yoshlar markazida Xalq deputatlari
Nurobod tuman Kengashi raisi, tuman hokimi S.Berdiqulovning tuman aholisi uchun
navbatdagi sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi.
 

Sayyor qabulda Xalq qabulxonasi, tuman hokimining o‘rinbosarlari,
tumandagi korxona va tashkilot rahbarlari hamda fuqarolar ishtirok etishdi.
 

Qabul davomida fuqarolardan elektr energiyasi, kadastr,
qurilish, “Yoshlar daftari” ga kirish, bandlikni ta’minlash, moddiy yordamlar va
tibbiyot kabi sohalarda 20 ga yaqin murojaatlar kelib tushdi.
 

Tuman rahbari mas’ullar va tegishli mutasaddilarga muammolarni
qisqa fursatlarda hal etish yuzasidan ko‘rsatma va topshiriqlar berdi.
 

Yana bir qator murojaatlar bo‘yicha shu yerning o‘zida
amaliy yordamlar ko‘rsatilib, tegishli tavsiyalar berildi.
  

Slide 1 of 1