35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi XDP fraksiyasiga
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi XDP fraksiyasiga
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi XDP fraksiyasiga
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi XDP fraksiyasiga
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi XDP fraksiyasiga O‘zbekiston Respublikasining «Oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va xavfsizligi to‘g‘risida»gi Qonunning 7-moddasiga o‘zgartirish va qo‘shimcha kiritish bo‘yicha TAKLIF
янв.21
TAKLIF
янв.21
Xalq deputatlari Ellikqal’a tuman Kengashi deputatlari Karimov O‘rinbay Tangribergenovich hamda Yusupova Muhabbat Ashirovnalar saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdilar.
янв.21
Xalq deputatlari Ellikqal’a tuman Kengashiga 16-sonli “Oybek” saylov okrugidan saylangan deputat Abduramanova Nabira Kenjabayevna o‘z saylov hududida faoliyat olib borayotgan mahalla yettiligi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
янв.21
Xalq deputatlari Ellikqal’a tuman Kengashining 17-sonli “Qumbosqan” saylov okrugidan saylangan deputat Jarkinbayev Baxodir Salavatovich o‘z saylov hududida hashar ishlarini olib bordi.
янв.21
Xalq deputatlari Ellikqal’a tuman Kengashining 18-sonli “Bog‘yob” saylov okrugidan saylangan deputat Echchanova Bagdagul Sabirovna o‘z saylov hududida hashar ishlarini olib bordi.
Fuqaro murojaati deputat nazoratida: Latifguzar mahallasidagi muammo joyida bartaraf etildi

Fuqaro murojaati deputat nazoratida: Latifguzar mahallasidagi muammo joyida bartaraf etildi

✅ Fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, ularning muammolarini joyiga chiqib o‘rganish hamda amaliy yechim topish deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir.

📁 Mazkur murojaat xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi deputatlarining 24 talik tavsiyalari asosida deputatga biriktirilgan "Kuz-qish mavsumida isitish tizimi" yo‘nalishi doirasida deputatlik nazoratiga olinib, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarining texnik holatini o‘rganish maqsadida joyiga chiqib ko‘rib chiqildi.

📝 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashiga O‘zLiDePdan saylangan "12-Nazarbek" okrugi deputati Xudayberganov Avaz Abrarovichga Latifguzar mahalla fuqarolar yig‘ini raisi Bahodir Shayusupov tomonidan Latifguzar mahallasi Sharof ko‘chasi 56-uyda istiqomat qiluvchi fuqaro Shuhrat Tolipovning murojaati yuborildi.

📝 Murojaatda fuqaro ko‘p yillardan buyon yog‘ingarchilik mavsumida oqova suv tarmoqlari orqali suv xonadoniga qayta toshib kirayotgani, ushbu masala yuzasidan bir necha bor tegishli tashkilotlarga murojaat qilganiga qaramay, muammo to‘liq bartaraf etilmay, faqat vaqtinchalik choralar bilan cheklanib kelinayotganini ma’lum qilgan.

📈 Murojaat deputat tomonidan nazoratga olinib, muammoni joyida o‘rganish maqsadida fuqaro xonadoniga chiqildi. O‘rganishda Latifguzar mahalla fuqarolar yig‘ini raisi Bahodir Shayusupov, Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi Umidbek Abilov, Uchtepa tumani oqova suv tarmoqlari korxonasi rahbari Baxtiyor Meyirbekov hamda korxona mutaxassislari ishtirok etdi.

⛏ Joyida o‘tkazilgan o‘rganish davomida oqova suv tarmog‘idagi quduq ochilib, uning texnik holati to‘liq ko‘zdan kechirildi. Avariya xizmati jalb etilib, 300 millimetr diametrli oqova suv quvurida profilaktik tozalash ishlari amalga oshirildi va tizimning uzluksiz ishlashi ta’minlandi.

‼️ O‘rganish davomida soha mutaxassislari tomonidan murojaat muallifiga mavjud holat texnik jihatdan batafsil tushuntirildi. Aniqlanishicha, xonadondan chiqarilgan oqova suv quvuri amaldagi texnik me’yor va talablarga muvofiq o‘rnatilmagani sababli kuchli yog‘ingarchilik vaqtida oqova suvning ortga qaytishi kuzatilayotganligi ma’lum qilindi. Shu munosabat bilan fuqaroga mazkur kamchilikni bartaraf etish bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi hamda tegishli mutaxassislar tomonidan amaliy ko‘rsatmalar taqdim etildi.

🗂 Shuningdek, o‘rganish davomida fuqaroga O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 22-iyuldagi O‘RQ–784-son "Ichimlik suvi ta’minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish to‘g‘risida"gi Qonuni mazmun-mohiyati ham tushuntirilib, oqova suv tarmoqlaridan foydalanishda amaldagi texnik talablar va belgilangan tartiblarga rioya etish zarurligi ta’kidlandi.

📆 Uchtepa tumani oqova suv tarmoqlari korxonasi rahbari Baxtiyor Meyirbekov tomonidan mas’ul mutaxassislarga Sharof ko‘chasining bosh qismidan markaziy oqova suv tarmog‘igacha bo‘lgan qismida to‘liq profilaktik tozalash ishlarini amalga oshirish, mavjud muammolarni bartaraf etish hamda bajarilgan ishlar yuzasidan deputatga belgilangan tartibda hisobot taqdim etish bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi.

📊 Deputat tomonidan mazkur murojaat to‘liq nazoratga olinib, belgilangan vazifalar ijrosi yakuniga qadar monitoring olib borilishi ma’lum qilindi.

📂 Mazkur o‘rganish fuqarolar murojaatlariga tezkor munosabat bildirish, mutasaddi tashkilotlarni joyiga jalb etgan holda mavjud muammolarni bartaraf etish hamda Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi deputatlarining 24 talik tavsiyalari ijrosini ta’minlash borasida olib borilayotgan amaliy ishlarning yana bir yorqin namunasi bo‘ldi.

Slide 1 of 9