O‘zbekiston
Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi XDP fraksiyasiga
O‘zbekiston
Respublikasining «Oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va xavfsizligi
to‘g‘risida»gi Qonunning 21-moddasiga o‘zgartirish va qo‘shimcha kiritish
bo‘yicha
TAKLIF
1. Muammoning asoslanishi (Amaldagi holat tahlili)
Amalda sifatsiz yoki muddati o‘tgan mahsulotni
sotganlik uchun jarimalar juda kam miqdorda belgilangan. Yirik ishlab
chiqaruvchi yoki supermarketlar uchun bu jarimani to‘lashdan ko‘ra, sifatsiz
mahsulotni sotib foyda ko‘rish moliyaviy jihatdan “qulayroq” bo‘lib qolmoqda.
2. Moddaning matniga taklif etilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimcha
Moddaga javobgarlikni keskin kuchaytiruvchi
norma qo‘shish: «Aholi sog‘lig‘iga
jiddiy xavf soluvchi, qalbakilashtirilgan yoki muddati o‘tgan oziq-ovqatlarni
ongli ravishda ishlab chiqargan va sotgan korxonalarga ularning yillik
aylanmasidan kelib chiqib yirik moliyaviy jarimalar solish hamda faoliyatini
sud orqali to‘xtatish».
3. Kutilayotgan natijalar
Tadbirkorlarning ijtimoiy mas’uliyatini
kuchaytirish va inson hayoti bilan tavakkal qilishning oldini olish.