O‘zbekiston
Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi XDP fraksiyasiga
O‘zbekiston
Respublikasining «Oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va xavfsizligi
to‘g‘risida»gi Qonunning 16-moddasiga o‘zgartirish va qo‘shimcha kiritish
bo‘yicha
TAKLIF
1. Muammoning asoslanishi (Amaldagi holat tahlili)
Bojxona chegarasidan oziq-ovqat mahsulotlari
kirib kelganda, ularning laboratoriya tahlillari tayyor bo‘lguniga qadar
mahsulotlar tadbirkorning oddiy omborlarida saqlanadi. Ba’zi insofsiz
tadbirkorlar tahlil natijasi chiqmay turib, mahsulotni bozorga chiqarib
yuborish holatlari kuzatiladi.
2. Moddaning matniga taklif etilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimcha
Moddaga «Import
qilinayotgan oziq-ovqat mahsulotlari laboratoriya tekshiruvidan to‘liq o‘tgunga
qadar ularni bojxona nazorati ostidagi maxsus refrijeratorli omborlarda
majburiy saqlash» talabini kiritish.
3. Kutilayotgan natijalar
Sifatsiz yoki zaharli xorij mahsulotlarining
ichki bozorga yashirincha tarqalib ketishini oldini olishga erishiladi.