Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi XDP fraksiyasiga
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi XDP fraksiyasiga
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi XDP fraksiyasiga
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi XDP fraksiyasiga
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi XDP fraksiyasiga O‘zbekiston Respublikasining «Oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va xavfsizligi to‘g‘risida»gi Qonunning 7-moddasiga o‘zgartirish va qo‘shimcha kiritish bo‘yicha TAKLIF
янв.21
TAKLIF
янв.21
Xalq deputatlari Ellikqal’a tuman Kengashi deputatlari Karimov O‘rinbay Tangribergenovich hamda Yusupova Muhabbat Ashirovnalar saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdilar.
янв.21
Xalq deputatlari Ellikqal’a tuman Kengashiga 16-sonli “Oybek” saylov okrugidan saylangan deputat Abduramanova Nabira Kenjabayevna o‘z saylov hududida faoliyat olib borayotgan mahalla yettiligi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
янв.21
Xalq deputatlari Ellikqal’a tuman Kengashining 17-sonli “Qumbosqan” saylov okrugidan saylangan deputat Jarkinbayev Baxodir Salavatovich o‘z saylov hududida hashar ishlarini olib bordi.
янв.21
Xalq deputatlari Ellikqal’a tuman Kengashining 18-sonli “Bog‘yob” saylov okrugidan saylangan deputat Echchanova Bagdagul Sabirovna o‘z saylov hududida hashar ishlarini olib bordi.
Mahalliy Kengashlar faoliyatini yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilandi

#poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️Mahalliy Kengashlar faoliyatini yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilandi

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi raisi Rustam Kalanov raisligida Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi kotibiyati xodimlari, shahar va tuman Kengashlari kotibiyatlari mudirlari hamda partiya guruhlari rahbarlari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

📝 Yig‘ilish Oliy Majlis Senatining KQ-35-V, KQ-51, KQ-52-V, KQ-53-V, KQ-710-IV, KQ-836-IV hamda KQ-837-V-son qarorlari, shuningdek mahalliy Kengashlar faoliyatiga oid boshqa normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini samarali ta’minlash masalalariga bag‘ishlandi.

📋 Yig‘ilishda deputatlar faoliyatini yanada samarali tashkil etish maqsadida ishlab chiqilgan 24 ta tavsiyaviy savol hamda mahalliy Kengashlar faoliyatida qo‘llanilishi lozim bo‘lgan 162 ta eng muhim qonun asosida ishlarni tizimli yo‘lga qo‘yish zarurligi alohida ta'kidlandi. Mazkur tavsiyaviy savollar deputatlarning hududlardagi faoliyatini samarali tashkil etish, aholi muammolarini aniqlash va ularning yechimiga ko‘maklashish, shuningdek deputatlik nazoratini kuchaytirishda muhim metodik qo‘llanma ekani qayd etildi.

➡️ Unda mahalliy Kengashlar faoliyatini zamonaviy talablar asosida tashkil etish, doimiy komissiyalar ishini tizimlashtirish, deputatlik nazoratini kuchaytirish hamda deputatlarning saylov okruglaridagi amaliy faoliyati samaradorligini oshirish yuzasidan ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

📝 Ta’kidlanganidek, deputatlar hududlarga chiqqanida "Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi" doirasida mahallalarda tizimli o‘rganishlar olib borishi, aholi muammolarini joyida aniqlashi, ularning yechimi bo‘yicha tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yishi hamda amalga oshirilgan ishlarni belgilangan tartibda deputatlik daftarlarida muntazam qayd etib borishi zarurligi alohida ta’kidlandi.

📖 Shu bilan birga, “Ko‘chama-ko‘cha deputatlik daftarlari” yuritilishiga mas’uliyat bilan yondashish, ularda hududlarda aniqlangan muammolar, fuqarolar murojaatlari, amalga oshirilgan o‘rganishlar, yuborilgan deputatlik so‘rovlari, berilgan topshiriqlar va ularning ijrosi to‘liq aks ettirilishi lozimligi qayd etildi. Mazkur daftarlar deputatlik faoliyatini baholash va nazorat qilishning muhim vositasi ekani alohida e’tirof etildi.

📍 Yig‘ilishda kotibiyat xodimlarining deputatlar faoliyatini tashkiliy jihatdan qo‘llab-quvvatlashdagi o‘rni alohida ko‘rsatib o‘tildi. Xususan, deputatlarning hududlarga chiqishlarini rejalashtirish, uchrashuv va sayyor qabullarni sifatli tashkil etish, deputatlik so‘rovlari hamda nazorat tadbirlarini o‘z vaqtida rasmiylashtirish, deputatlik daftarlari yuritilishida uslubiy-amaliy ko‘mak berish vazifalari belgilandi.

📉 Shuningdek, deputatlar tomonidan hududlarda amalga oshirilayotgan ishlar, fuqarolar murojaatlari yechimi, deputatlik nazorati tadbirlari va erishilgan natijalarni ommaviy axborot vositalari hamda ijtimoiy tarmoqlarda keng, tezkor va sifatli yoritib borish zarurligi ta’kidlandi. Bu borada kotibiyatlar va partiya guruhlari hamkorligini yanada kuchaytirish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

🤝 Partiya guruhlari rahbarlariga deputatlikka saylangan nomzodlar bilan muntazam ishlash, ularning hududlardagi siyosiy va deputatlik faolligini oshirish, saylovoldi dasturlarida belgilangan vazifalar ijrosini tizimli monitoring qilib borish hamda xalq bilan muloqotni yanada kuchaytirish yuzasidan tegishli vazifalar yuklatildi.

🔺 Yig‘ilish yakunida mahalliy Kengashlar faoliyatida qonunchilik talablariga qat’iy rioya etish, "E-Kengash" elektron platformasi imkoniyatlaridan to‘liq foydalanish, deputatlik daftarlarini sifatli yuritish, deputatlarga tashkiliy-amaliy ko‘makni kuchaytirish, aholi muammolarini o‘z vaqtida hal etish hamda mahalliy Kengashlar faoliyatining ochiqligi va samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 7