Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi XDP fraksiyasiga
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi XDP fraksiyasiga
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi XDP fraksiyasiga
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi XDP fraksiyasiga
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi XDP fraksiyasiga O‘zbekiston Respublikasining «Oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va xavfsizligi to‘g‘risida»gi Qonunning 7-moddasiga o‘zgartirish va qo‘shimcha kiritish bo‘yicha TAKLIF
янв.21
TAKLIF
янв.21
Xalq deputatlari Ellikqal’a tuman Kengashi deputatlari Karimov O‘rinbay Tangribergenovich hamda Yusupova Muhabbat Ashirovnalar saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdilar.
янв.21
Xalq deputatlari Ellikqal’a tuman Kengashiga 16-sonli “Oybek” saylov okrugidan saylangan deputat Abduramanova Nabira Kenjabayevna o‘z saylov hududida faoliyat olib borayotgan mahalla yettiligi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
янв.21
Xalq deputatlari Ellikqal’a tuman Kengashining 17-sonli “Qumbosqan” saylov okrugidan saylangan deputat Jarkinbayev Baxodir Salavatovich o‘z saylov hududida hashar ishlarini olib bordi.
янв.21
Xalq deputatlari Ellikqal’a tuman Kengashining 18-sonli “Bog‘yob” saylov okrugidan saylangan deputat Echchanova Bagdagul Sabirovna o‘z saylov hududida hashar ishlarini olib bordi.
Deputat mahalla faoliyati va aholi tomorqalarini o‘rgandi

Xalq deputatlari Paxtakor tuman Kengashi 15 – Pangat saylov okrugi deputati Dilbar Do'squlova tomonidan Nurli Pangat mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish jarayonida mahalla infratuzilmasi, aholi uchun yaratilgan sharoitlar hamda fuqarolarning tomorqa yerlaridan foydalanish holati ko‘zdan kechirildi.

Deputat mahalla hududini aylanib chiqib, aholi tomorqalarini sug‘orish, ichki yo‘llar va obodonlashtirish masalalari bilan tanishdi.

Shuningdek, tomorqa yerlaridan samarali foydalanish, hosildorlikni oshirish hamda aholi daromadini ko‘paytirish bo‘yicha tavsiyalar berildi. 

Aniqlangan muammolar yuzasidan tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari kiritilishi belgilandi.

Aholi bilan doimiy muloqot qilish, ularning muammolarini o‘rganish va hal etishga ko‘maklashish deputat faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

Slide 1 of 3