🖇 Obod mahallasida aholi muammolari o‘rganildi.
Yangiyo‘l tumani hokimi O.K.Ataullayev hamda Xalq deputatlari Yangiyo‘l tuman Kengashi kotibiyati mudiri R.R.Xamrobekov boshchiligidagi ishchi guruh Obod mahallasida navbatdagi o‘rganish ishlarini olib bordi.
👥 O‘rganishlar davomida aholining turmush tarzi, ijtimoiy ahvoli, mavjud muammolari va murojaatlari atroflicha o‘rganildi.
🧾 Shuningdek:
— tadbirkorlik qilish istagida bo‘lgan va ishsiz fuqarolarga huquqiy maslahatlar berildi;
— jazoni ijro etish muassasalaridan ozod etilgan shaxslarga manzilli amaliy yordamlar ko‘rsatildi;
— o‘rganishlar kunining o‘zida 5 nafar fuqaro tuman tibbiyot birlashmasiga yotqizildi, yana 5 nafar fuqaro tibbiy xizmat bilan ta’minlandi.
⚡️ Bundan tashqari:
— 18 dona yaroqsiz elektr ustunlarini yangisiga almashtirish;
— ichki ko‘chalarni ta’mirlash bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.
🤝 Og‘ir turmush sharoitida yashayotgan oilalarga sohalar kesimida amaliy ko‘mak ko‘rsatish yuzasidan mas’ullarga topshiriqlar berildi.