Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
O‘zbekiston liberal demokratik partiyasidan Xalq deputatlari Ellikqal’a tuman Kengashiga 12-sonli “To‘rt-devor” saylov okrugidan saylangan deputat Masharipov Zuxriddin Nusratdinovich Ellikqal’a tuman To‘rdevor MFYda o‘z saylovchilar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Ellikqal’a tumani Kengashi Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tidi
янв.21
Xalq demokratik partiyasidan Xalq deputatlari Ellikqal’a tuman Kengashiga 13-sonli “Jetkenshek” saylov okrugidan saylangan deputat R.R.Allabergenov Ellikqal’a tuman Jasorat MFYda o‘z saylovchilariga 2025-yil davomida amalga oshirlagn ishlari bo‘yicha axborot berdi.
янв.21
O‘zbekiston Adolat SDP Ellikqal’a tuman Kengashi raisi Xalq deputatlari Ellikqal’a tuman Kengashiga 10-sonli “Adil” saylov okrugidan saylangan deputat U.Karimov Ellikqal’a tuman Dustlik OFYda o‘z saylovchilar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Ellikqal’a tuman Kengashiga 25-sonli Qizilqum chaylov okrugidan saylangan deputat Azatov Sharof Rashid o‘g‘li Maktablarda til va kasb o‘rgatishning zarurati va ahamiyati.
янв.21
Xalq deputatlari Ellikqal’a tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Joriy yilning 30-dekabr kuni kuni UzLiDeP Ellikqal’a tuman Kengashi deputatlik guruhi tamonidan O’zbekistan Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-dekabrdagi 2024-2026-yillarda O’zbekistan Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risidagi PQ-404-sonli Qarori ijrosi bo’yicha Ellikqal’a tumanida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan Ellikqal’a tuman hokimi Urinbosari D.Reyimbayevning xisoboti tinglandi.
янв.21
Joriy yilning 30-dekabr kuni Ellikqal’a tumanidagi Navoiy MFY hududida joylashgan Axborot kutubxona markazida “Kreativ tadbirkor yoshlar” loyihasi Konsepsiyasi doirasida “Deputat va Yoshlar” muloqot uchrashuvi o‘tkazildi. Bundan maqsad Yoshlarning qonun ijodkorligi va ijro jarayonidagi ishtirokini kuchaytirish ,Davlat organlari, deputatlar va Yoshlar o‘rtasida o‘zaro ishonch va muloqotni mustahkamlashga qaratilgan. Uchrashuvga Uz LiDeP partiyasi tuman kengashi apparat rahbari, Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Dilbar Sharipova, Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Yulduzxon Allabergenova hamda Axborot kutubxona markazi direktori Maqsuda Djumaniyazovalar qatnashdilar.
янв.21
МУНОСАБАТ
янв.21
МУНОСАБАТ
Murojaatnomadan ruhlanib.

 #Munosabat 

  

Murojaatnomadan ruhlanib. 

  

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyovning 2025-yil 26-dekabr
kungi Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasini keng jamoatchilik, qolaversa
oilamiz a’zolari bilan tingladik va muhokama qildik.
 

Murojaat yuzasidan eng avvalo o‘zimni
xis tuyg‘ularim ifodalash shu o‘rinda mahallamiz, faollari va xalqimiz fikri va
munosabati bilan qiziqdik albatta. Muxtaram Prezidentimiz murojaatini eshitish
baxti bizga Muborak umra ziyorati davrida nasib
etdi, deydilar mahallamiz faol nuroniy otaxoni G‘ayratjon G‘anijonov. Murojaat -
sodda va xalqimiz
qalbiga hayajon va quvonch
bag‘ishlaydigan samimiy so‘zlar bilan boshlandiki, biz kabi o‘z yurtidan oz
muddatga bo‘lsada uzoqda bo‘lgan vatandoshlarimiz qalbini hayajonga soldi. Muborak haj safarida yuribmizku turli davlatlardan
kelgan ziyoratchilar bizni ko‘rib havas bilan O‘zbekiston
zo‘r sizda
hammasi zo‘r deya etirof etishlari
bizni
yanada to‘lqilantirib yubordi. Bu hayajon, bu hissiyotni so‘z bilan ifodalash qiyin.
dedilar otaxon.
 

Yana murojaatnomaga qaytsak.  

Eng birinchi o‘rinda yurtboshimiz mahallamizda qishloqlarimizda amalga oshirilgan
yutuqlarimiz, yoshlarimiz ta’lim tarbiya, madaniyat va sport sohasida erishgan yutuqlari
va erishgan zafarlar, haqida
to‘lqilanib
e’tirof etdilar. Shu o‘rinda mahalla atalmish kichik bir vatanda ichki yo‘llar,
elektr ta’minoti, ichimlik suvi bilan to‘liq ta’minlash,
maktab-bog‘chalarimiz, tibbiyot maskani-yu, bolajonlarimiz miriqib o‘ynaydigan sport
maskanlarimiz obodligini eng ustivor vazifa sifatida birinchi o‘ringa qo‘yganliklari
halqimiz e’tirofiga sabab bo‘ldi. Yurtboshimiz tomonidan 2026-yilni "Mahallani
rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish" yili deb e’lon
qildi. Bu nomlanish barchani ruhlantirib yubordi.
Yurtimizda keyingi yillarda xalqimiz farovon yashashlari uchun yaratilayotgan sharoitlar
yosh oilalarimiz uchun qurilayotgan zamonaviy uylar, yoshlarimiz ta’lim-tarbiya
olishlarida yaratilgan sharoitlar, sport sohasida
sportchi yoshlarimiz erishgan beqiyos yutuqlar zamirida ularga berilgan e’tibor turganligi har
qanday insonni hayajonga soladi. Yurtboshimiz tomonidan qilingan murojaatnomani
har bandi, har bir so‘zini bee’tibor tinglamadik. Albatta
mamlakatimiz taraqiyoti, xalqimiz farovonligi,
farzandlarimiz kelajagini belgilovchi ustivor maqsadga
yo‘g‘irilgan yil dasturga ertangi kunimizni rejasi,
ustivor maqsadi amaliy vazifalar kiritilgani har qanday insonni ruhlantiradi. Murojaatnoma
har bir O‘zbekiston xalqi qatorida muxtaram xalqimiz vakillari hurmatli deputatlarimizga
ham xalq ishonchi yo‘lida yanada shijoatli va adolatli mehnat qilishlariga imkon
berdi. O‘zbekiston xalqi bugun eng baxtli kunlarda tinch va farovon hayot kechirmoqda.
Bu dorilamon hayot qadriga yetaylik. Bizga havas ko‘zi bilan boqayotgan
davlatlar bilan birga hasad nigohini qadayotgan
g‘animlardan yurtimizni extiyot qilaylik. Bugun yaxshi yashayman, farovon hayot
kechiraman degan yurtdoshlarimiz uchun katta imkoniyat, sharoitlar bor. Shukronalik
beqiyos. Shunday ekan bugungi kunimiz, baxtli kelajagimiz yo‘lida yurtboshimiz
yonida azmu shijoat bilan ildam qadam tashlaylik. Har bir soha egalari xoh u qishloq xo‘jaligi xodimi, yoki shifokor, o‘qituvchi yoki quruvchi,
tadbirkormi, xizmatchimi
murojaat bizniki,
bizni dasturimiz deb qabul qilaylik. Yurtimiz bundanda
obod va fayzli bo‘lsin. Oilalarimiz tinch, farzandlarimiz ulug‘ insonlar bo‘lishsin.
Yurtboshimizga yanada
kuch-quvvat uzoq umr bersin.
 

  

Xalq deputatlari Farg‘ona
tuman kengashi deputati Bumayram Sobirova
 

   

Slide 1 of 1