Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
O‘zbekiston liberal demokratik partiyasidan Xalq deputatlari Ellikqal’a tuman Kengashiga 12-sonli “To‘rt-devor” saylov okrugidan saylangan deputat Masharipov Zuxriddin Nusratdinovich Ellikqal’a tuman To‘rdevor MFYda o‘z saylovchilar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Ellikqal’a tumani Kengashi Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tidi
янв.21
Xalq demokratik partiyasidan Xalq deputatlari Ellikqal’a tuman Kengashiga 13-sonli “Jetkenshek” saylov okrugidan saylangan deputat R.R.Allabergenov Ellikqal’a tuman Jasorat MFYda o‘z saylovchilariga 2025-yil davomida amalga oshirlagn ishlari bo‘yicha axborot berdi.
янв.21
O‘zbekiston Adolat SDP Ellikqal’a tuman Kengashi raisi Xalq deputatlari Ellikqal’a tuman Kengashiga 10-sonli “Adil” saylov okrugidan saylangan deputat U.Karimov Ellikqal’a tuman Dustlik OFYda o‘z saylovchilar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Ellikqal’a tuman Kengashiga 25-sonli Qizilqum chaylov okrugidan saylangan deputat Azatov Sharof Rashid o‘g‘li Maktablarda til va kasb o‘rgatishning zarurati va ahamiyati.
янв.21
Xalq deputatlari Ellikqal’a tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Joriy yilning 30-dekabr kuni kuni UzLiDeP Ellikqal’a tuman Kengashi deputatlik guruhi tamonidan O’zbekistan Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-dekabrdagi 2024-2026-yillarda O’zbekistan Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risidagi PQ-404-sonli Qarori ijrosi bo’yicha Ellikqal’a tumanida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan Ellikqal’a tuman hokimi Urinbosari D.Reyimbayevning xisoboti tinglandi.
янв.21
Joriy yilning 30-dekabr kuni Ellikqal’a tumanidagi Navoiy MFY hududida joylashgan Axborot kutubxona markazida “Kreativ tadbirkor yoshlar” loyihasi Konsepsiyasi doirasida “Deputat va Yoshlar” muloqot uchrashuvi o‘tkazildi. Bundan maqsad Yoshlarning qonun ijodkorligi va ijro jarayonidagi ishtirokini kuchaytirish ,Davlat organlari, deputatlar va Yoshlar o‘rtasida o‘zaro ishonch va muloqotni mustahkamlashga qaratilgan. Uchrashuvga Uz LiDeP partiyasi tuman kengashi apparat rahbari, Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Dilbar Sharipova, Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Yulduzxon Allabergenova hamda Axborot kutubxona markazi direktori Maqsuda Djumaniyazovalar qatnashdilar.
янв.21
МУНОСАБАТ
янв.21
МУНОСАБАТ
#_munosabat

O'zbekistonning rahbari tomonidan “Markaziy Osiyo + Yaponiya” birinchi sammitida bildirgan nutqi, shubhasiz, mamlakatimizning tashqi siyosatiga yangi poydevor qo'ygan muhim bir voqeaga aylandi. Ushbu sammit zamon talablariga javob beruvchi, strategik rejalashtirilgan va amaliy tashabbuslarga boy nutq bilan ochildi. 

Tashkil etilgan mazkur sammit, asosan, Markaziy Osiyo davlatlari va Yaponiya o'rtasida iqtisodiy va madaniy hamkorlikni rivojlantirishga, barqaror iqtisodiy o'sishga erishishga qaratilgan edi. 

Mamlakatimiz rahbari tomonidan taqdim etilgan tashabbuslar, o'z navbatida, nafaqat yosh avlodning rivojlanishi, balki har bir davlat uchun barqaror iqtisodiy o'sish sur'atlariga o'z ta'sirini ko'rsatishi uchun tayyorlangan edi.  

Natijada, Prezidentimizning ushbu sammitdagi nutqi nafaqat bugun, balki kelajakda ham Markaziy Osiyo va Yaponiya o'rtasidagi munosabatlarni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.