Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

ELEKTR TA’MINOTI BARQARORLIGI YO‘LIDA

#Mansabdor_deputatlar_faoliyati
ELEKTR TA’MINOTI BARQARORLIGI YO‘LIDA
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati, Kengash kotibiyati mudiri B. Muxtorov tomonidan tumandagi Do‘stlik 110/35/10 kV podstansiyasida olib borilayotgan modernizatsiya ishlari nazorat-tahlil tartibida o‘rganildi.
🔌 Ayni paytda podstansiyadagi 16 000 kVA quvvatli transformator o‘rniga 25 000 kVA quvvatli transformator o‘rnatish ishlari amalga oshirilmoqda.
Mazkur yangilanish natijasida podstansiyaning elektr energiyasini uzatish quvvati oshib, iste’molchilarni barqaror va uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash imkoniyatlari kengayadi. Shuningdek, elektr tarmog‘idagi yuklamani kamaytirish va tumanda elektr ta’minotidagi uzilishlarni qisqartirishga xizmat qiladi.
BIZNI KUZATING: 🌍  Web sayt |  ✅ Do'stlik kengashi | 💬 Facebook 🌐Instagram| 📹 Youtube

Slide 1 of 5