Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

🏟 DEPUTATLAR NAZORATI: YANGI STADION — YANGI IMKONIYATLAR!

🏟 DEPUTATLAR NAZORATI: YANGI STADION — YANGI IMKONIYATLAR!
Xalq deputatlari Do‘stlik tuman Kengashi deputatlari M. Qudratova va S. Sattarovalar Navro‘z mahallasida qurilayotgan stadion loyihasi bilan yaqindan tanishdilar.
O‘rganish davomida loyihaning amalga oshirilish jarayoni, yaratilayotgan sharoitlar hamda kelgusida ushbu sport maskanining yoshlar hayotidagi ahamiyatiga e’tibor qaratildi.
🏃‍♂️ Yangi stadion mahalla yoshlari va sport ixlosmandlari uchun jismoniy faollikni oshirish, sport bilan muntazam shug‘ullanish hamda sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etishda muhim maskan bo‘lib xizmat qiladi.
Deputatlar nazorati — aholi manfaatlari va yoshlar kelajagi yo‘lida!

Slide 1 of 3