Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan
#162_ta_Qonun
🏛📈 Deputatlar tomonidan qonun ijrosi o‘rganilmoqda


Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi deputatlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 25-dekabrdagi O‘RQ-598-son "Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to‘g‘risida"gi Qonuni ijrosi yuzasidan tegishli davlat organlari, investitsiya loyihalari amalga oshirilayotgan korxona va tashkilotlarda o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

🔍 O‘rganish davomida quyidagi masalalarga alohida e’tibor qaratilmoqda:

✅ investitsiya faoliyatini tartibga soluvchi qonunchilik talablariga rioya etilishi;
💼 mahalliy va xorijiy investorlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish holati;
🏗 investitsiya loyihalarining o‘z vaqtida va samarali amalga oshirilishi, ajratilgan mablag‘lardan maqsadli foydalanilishi;
🤝 investitsiyalarni jalb etish, qulay investitsiya muhitini yaratish hamda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar;
📊 hududlarda investitsiya jozibadorligini oshirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va iqtisodiy rivojlanishga xizmat qilayotgan loyihalarning natijadorligi.

📌 Mazkur Qonunning asosiy maqsadi — investitsiyalar va investitsiya faoliyati sohasidagi munosabatlarni huquqiy jihatdan tartibga solish, investorlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, investitsiyalarni rag‘batlantirish hamda mamlakatda qulay va barqaror investitsiya muhitini yaratishdan iborat.

🏢 Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi tomonidan qonunlar ijrosi ustidan deputatlik nazorati izchil davom ettirilmoqda.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube
Slide 1 of 1