Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

📚 MAKTABGACHA TA’LIM SIFATI VA TARBIYA JARAYONI O‘RGANILDI

📍 12-sonli DMTT faoliyati o‘rganildi
Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi kotibiyati mudiri I.Masharipov hamda tuman Kengashi deputatlari tomonidan 12-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida ta’lim-tarbiya jarayonining tashkil etilishi yuzasidan o‘rganish olib borildi.
🔹 O‘rganish davomida bolalarga ta’lim va tarbiya berish sifati, mashg‘ulotlarning tashkil etilishi hamda tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlarga e’tibor qaratildi.
🔹 Shuningdek, maktabgacha ta’lim tashkilotida ta’lim-tarbiya samaradorligini oshirish, bolalarning intellektual salohiyati va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi.
🎯 Maqsad: maktabgacha ta’lim sifatini yanada yaxshilash, bolalar uchun munosib sharoitlarni ta’minlash hamda ta’lim-tarbiya jarayonini takomillashtirish.